Transport vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda charter reyslari chiptalari juda qimmat narxlarda sotilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berib, ular tijoriy charter reyslariga oid ekanini ma’lum qildi. Respublika maxsus komissiyasi tasdiqlagan charter reyslar chiptalari 400 dollarga narxda sotilmoqda.
2 avgustdan 16 avgustga qadar O‘zbekiston fuqarolarini mamlakatga qaytarish bo‘yicha Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, BAA, AQSH, Xitoy va boshqa davlatlardan 24 ta charter reys tashkil etiladi.
Yaqin ikki haftada Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, BAA va AQSHdan O‘zbekiston fuqarolarini olib kelish uchun 19 ta charter reys tashkil etiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting